MAKTABLARDA DAVRA SUHBATLARI DAVOM ETMOQDA

MAKTABLARDA DAVRA SUHBATLARI DAVOM ETMOQDA

   Keyingi yillarda yurtimiz ta’lim tizimida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Sohalarda yo‘lga qo‘yilayotgan o‘zaro hamkorlik ayni shu islohotlarning izchilligini ta’minlaydi. 25 oktyabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i T.Allayarov maktab o‘quvchilari o‘rtasida ilm olishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish hamda o‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazish maqsadida Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 27-umum ta’lim maktabida bo‘ldi. 
   Tadbirni maktab direktori kirish so‘zi bilan ochib, mamlakatimiz xalq ta’limi hamda oliy ta’lim tizimlaridagi o‘zaro hamkorlik aloqalari haqida o‘quvchilarga gapirib berdi. Shundan so‘ng TTYESI Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Tuyli Allayarov so‘zga chiqib, o‘zi faoliyat yuritayotgan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining tarixi, hozirda oliy ta’lim muassasasida tayyorlanayotgan mutaxassisliklar, talabalar hayotiga oid ma’lumotlarbilan o‘rtoqlashdi. Maktab o‘quvchilirini qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdi. Tadbir so‘nggida matkab ma’muriyati tomonidan mehmonga minnatdorlik bildirildi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

ҳ қ

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
YOPISH