TALABALAR TEATR STUDIYALARI FESTIVALI O‘TKAZILDI

TALABALAR TEATR STUDIYALARI FESTIVALI O‘TKAZILDI

Yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, shuningdek, talaba-yoshlarni san’atga muhabbat ruhida tarbiyalash va ma’naviy kamolotga yo‘naltirish, oliy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan madaniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, maqsadida Oliy ta’lim muassasalarining talabalari o‘rtasida Talabalar teatr studiyalari festivalining 2-bosqichi institut madaniyat saroyida joriy yilning 11 aprel kuni bo‘lib o‘tdi.
Festivalda TTA, TDJTU, TATU, TDMRXOM jamoalari ishtirok etdi. Institutda o‘tkazilgan teatr tomoshabinlarga haqiqiy bayram kayfiyatini ulashibgina qolmay, balki talaba-yoshlarni do‘stlashishga, chuqur mulohaza yuritishga hamda teatr san’atiga yanada mehr qo‘yishga chorladi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH