INSTITUT-MAHALLA-OTA-ONA-MURABBIY TIZIMI AMALDA

INSTITUT-MAHALLA-OTA-ONA-MURABBIY TIZIMI AMALDA

   Joriy yilning 27 oktyabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “To‘qimachilik sanoati texnologiyasi” fakultetida ota-onalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
   Ushbu tadbirda fakultet dekani K.Avazov, dekan o‘rinbosarlari J.Arabov, O.Abdullayev, fakultet ota-onalar kengashi raisi J.Muxtorov, fakultet murabbiylar kengashi raisi D.Nazarova, fakultet xotin-qizlar qo‘mitasi raisi X.Abdunosirova hamda ota-onalar ishtirok etdi.
   Tadbirda fakultet dekani so‘zga chiqib, institut hamda fakultet miqyosida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ota-onalarga ma’lumotlar berib o‘tdi.
   Tadbir davomida dekan o‘rinbosari O.Abdullayev so‘zga chiqib, fakultet tarkibi haqida qisqacha ma’lumot berib, fakultetda tahsil olayotgan talabalarning darslarni o‘zlashtirishi, fakultet tasarrufidagi kafedralar, ularning faoliyati hamda fakultetda yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

ҳ қ

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
YOPISH