BILIMLAR BELLASHUVI O’TKAZILDI

BILIMLAR BELLASHUVI O’TKAZILDI

Joriy yilning 26-aprel kuni “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi “Texnolog” to’garagi a’zolari ishtirokida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirni Institut yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori U.Abdullayev ochib berdi. 
Tadbirda kafedraning “Sarafroz” va “Kelajak yoshlari” jamoalari o’zlarining mutaxassisliklari bo’yicha bellashdilar. Shuningdek, tadbirda “Ko’zmunchoq” bolalar ashula va raqs ansambli o’zlarining chiqishlari bilan qatnashdilar. 
Tadbirning beshinchi sharti O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar ma’naviyatini  yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusning birinchi tashabbusi, ya’ni yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sa’natning boshqa turlariga qiziqishlarni oshirish maqsadida erkin mavzu etib belgilandi. 

Tadbir davomida “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash” va “Tikuv buyumlarini texnologiyasi” fanlaridan bo’lib o’tgan olimpiyada g’oliblariga esdalik sovg’alari taqdim etildi.

скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH