PARIJ XALQARO MODA AKADEMIYASI (FRANSIYA) VA TOSHKENT TO‘QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTINING QO‘SHMA FAKULTETI OCHILDI

PARIJ XALQARO MODA AKADEMIYASI (FRANSIYA) VA TOSHKENT TO‘QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTINING QO‘SHMA FAKULTETI OCHILDI

Sizni Parij Xalqaro moda Akademiyasi (Fransiya) va Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining qo‘shma fakultetiga o‘qishga taklif etamiz. 
Fransiyada amaliyot o‘tishni xohlaysizmi? 
Ikkita diplom olishni istaysizmi? Unda bizga shoshiling!
Parijdagi Xalqaro Akademiya 1830 yilda tashkil topgan bo‘lib, kiyim sanoatining barcha sohalarida xalqaro tajribaga ega.
Parijdagi Xalqaro moda Akademiyasi fakulteti Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshida ochildi. Fakultetda o‘quv mashg‘ulotlarini Parij Xalqaro moda Akademiyasining yetakchi mutaxassislari hamda Fransiyada malakasini oshirgan o‘qtivchilar olib boradilar. 
Fakultetda ta’lim olish doirasida  talabalar amaliyotini va malaka oshirishini Parij Xalqaro moda  Akademiyasida o‘tash ko‘zda tutilgan.

Kirish imtihonlari to‘g‘risida ma’lumot
(birinchi kursga kiradigan abituryentlar uchun)

Hujjatlarni qabul qilish: 2019 yil 1 iyundan 30 iyungacha.
Hujjatlarni topshirishda mualliflik ishlarining portfoliosi (eskizlar, ishlarning fotasuratlari, tayyor buyumlar) taqdim etilishi lozim.
Ijodiy imtihon o‘tkaziladi.
Ijodiy kirish imtihonlari va suhbat: 2019 yil 3 iyuldan 8 iyulgacha
Mandat (Qabul) komissiyasining natijalari 2019 yil 10 iyuldan e’lon qilinadi.

Qo‘shma fakultetga talabalarnining o‘qishini ko‘chirish to‘g‘risida ma’lumot
(ikkinchi kursga qabul qilinayotganlar uchun)

Hujjatlarni qabul qilish: 2019 yil 1 iyuldan 15 iyulgacha.
Hujjatlarni topshirishda mualliflik ishlarining portfoliosi (eskizlar, ishlarning fotasuratlari, tayyor buyumlar) taqdim etilishi lozim.
Fransuz tilini bilish darajasi 
Suhbat 2019 yil 17-22 iyul kunlari o‘tkaziladi.
Mandat (Qabul) komissiyasining natijalari 2019 yil 24 iyuldan e’lon qilinadi.


TOSHKENT TO‘QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTI 
Toshkent shahar, 100100
Yakkasaroy tumani, Shohjaxon ko‘chasi 5.
Telefon: (99871) 253-06-06
Fax: (99871) 253-36-17
Internet sayt: www.titli.uz
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH