TTYESI O‘QUVCHILAR NIGOHIDA

TTYESI O‘QUVCHILAR NIGOHIDA

   Umumta’lim maktablarida ta’lim olayotgan o‘quvchi-yoshlarni kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish, ularning kasb tanlashiga ko‘maklashish maqsadida joriy yilning 27 oktyabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti moliya va iqtisod masalalari bo‘yicha prorektori M.Xudoyqulov Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 30-umumta’lim maktabida bo‘lib, maktab o‘quvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.  
   Tadbirni maktab direktori kirish so‘zi bilan ochib berdi va o‘quvchilarga mehmonni tanishtirdi. Shundan so‘ng TTYeSI prorektori M.Xudoyqulov so‘zga chiqib, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida tayyorlanayotgan mutaxassisliklar, talabalarning o‘qish va undan tashqari erishayotgan muvaffaqiyatlari, institut hayotiga oid yangiliklar bilan tanishtirdi.
   Muloqot davomida o‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga M.Xudoyqulov batafsil javob berdi. Tadbir so‘nggida maktab ma’muriyati tomonidan mehmonga minnatdorlik bildirildi. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

ҳ қ

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
YOPISH