YANGI AVLOD KADRLARI

YANGI AVLOD KADRLARI

Joriy yilning 24 aprel kuni O‘zLiDeP Toshkent shahar va Yakkasaroy tuman Kengashlari hamda Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti bilan hamkorlikda “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida “Bunyodkor yoshlar – kelajak tayanchi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.  
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zLiDeP Siyosiy va Toshkent shahar Kengashlari bo‘limi mudirlari, mas’ul xodimlar, institut professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar va ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.  
Tadbirda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabalarini mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayoniga keng jalb etish, shuningdek, mamlakatimizning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan partiyaning uzviy hamkorligini yo‘lga qo‘yish, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini siyosiy jarayonlarga keng jalb etish, globallashuv sharoitida va siyosiy partiyalar o‘rtasida raqobat kuchayib borayotgan davrda partiya tashkilotlari Ijroiya apparatlariga siyosiy jihatdan etuk, partiyaviy ishlarni tashkil etish masalalarida davr talablariga javob bera oladigan, etarli malakaga ega bo‘lgan kadrlarni tanlash hamda ularni joy-joyiga qo‘yish ishlarini yanada takomillashtirish, partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasiga tavsiya etish uchun faol yosh mutaxassislarni aniqlash borasidagi ishlarni tizimli amalga oshirishga kelishib olindi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH