MEHNAT MUHOFAZASI – SAMARADORLIK OMILI

MEHNAT MUHOFAZASI – SAMARADORLIK OMILI

Joriy yilning 3 may kuni institutda “Paxta sanoati texnologiyasi” fakulteti “Mehnat muhofazasi va ekologiya” kafedrasi professor – o‘qituvchilari tashabbusi bilan 28 aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlab “Sanoat korxonalarida mehnat muhofazasi” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor U.Abdullayev, “Paxta sanoati texnologiyasi” fakulteti dekani M.Ruzmetov, “Mehnat muhofazasi va ekologiya” kafedrasi professori t.f.d., A.Parpiyev, “Mehnat muhofazasi va ekologiya” kafedrasi mudiri O.Yo‘ldosheva, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini I.Yusupov, O‘zbekiston Respublikasi “Sanoat xavfsizligi” Davlat qo‘mitasining “Sanoat xavfsizligi” boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari O.Jo‘rayev, O‘zbekiston xalqaro aeroporti “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi” bo‘lim boshlig‘i Sh.Sapayev, kafedra professor – o‘qituvchilari hamda talaba – yoshlar ishtirok etdi.
Seminarda so‘zga chiqqanlar yangi tahrirdagi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan davlat va nodavlat tashkilotlari oldidagi vazifalar, qonunning amaliyotga tadbiq qilinishi, kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari, sohaga doir qonun talablarining bajarilishi, korxonalarda sog‘lom mehnat sharoitlarini yaratish va ishni xavfsiz tashkillashtirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan seminar ishtirokchilariga batafsil ma’lumot berdilar.
Seminar davomida fakultetning 24-18 guruh talabalari tomonidan ijro etilgan raqslar hamda namoyish etilgan sahna ko‘rinishi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH