KITOB – ZULMAT ZIYOSI

KITOB – ZULMAT ZIYOSI

Joriy yilning 6 may kuni institutning “Yigirish texnologiyasi” kafedrasi tomonidan “Talaba yoshlarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish yuzasidan chora tadbirlar” rejasiga muvofiq O’tkir Hoshimovning “Nur borki, soya bor” asarining mazmun mohiyati tahlili bo’yicha davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda 4-17 guruh talabalari va guruh murabbiysi U.Yusupalievalar ishtirok etdilar. “Nur borki, soya bor” asari sermazmun asarlardan biri hisoblanib, suhbat davomida talabalar ushbu asar haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’ldilar. Guruh a’zolari J.Toshmurodov va M.Umarovalar asarda jamiyat hayotidagi illatlar, turg’unlikning mohiyati, inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan muammo va qadriyatlar, insonlar o’rtasidagi sevgi va xiyonat, bir so’z bilan aytganda, “nur” va “soya”lar orasidagi azaliy kurash mavzusida o’zlarining fikr mulohazalari bilan o’rtoqlashdilar. Davra suhbati davomida talabalar bahsli munozaraga kirishdilar va savol-javoblar bilan asarni kengroq o‘zlashtirib olishdi. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH