CHINGIZ AYTMATOVNING “OQ KEMA”  ASARI MUHOKAMASI

CHINGIZ AYTMATOVNING “OQ KEMA” ASARI MUHOKAMASI

    Joriy yilning 11 may kuni institutning “Yigirish texnologiyasi” kafedrasi tomonidan “Talaba yoshlarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish yuzasidan chora tadbirlar” rejasiga muvofiq Chingiz Aytmatovning “Oq kema” asarining mazmun mohiyati tahlili bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda 4r-16 guruh talabalari va guruh murabbiysi Sh. Maxkamovalar ishtirok etdilar. 
Ch.Aytmatov asarlarida ko‘p qo‘llaniladigan bu o‘ziga xos xususiyat uning asarlarining joziba kuchini va estetik qimmatini oshirishda muhim rol o‘ynagan. Uning “Oq kema” qissasi ayniqsa bunga yaqqol misol bo‘la oladi. “Oq kema” tom ma’nodagi g‘oyaviy, badiiy xalqchil asardir. Xalqchillik – san’at va adabiyotning badiiyligini belgilovchi muhim fazilatlardan biri. Badiiy asarning xalqchillik harakteri, birinchidan, xalq hayotining eng dolzarb masalalarini o‘rtaga qo‘yish, har bir voqea-hodisani xalq manfaatlari nuqtainazaridan yondashib, ilg‘or dunyoqarash va yuksak g‘oyaviylik asosida yoritish, ikkinchidan, keng xalq ommasi uchun tushunarli bo‘lgan badiiy til va uslubdan, rang-barang shakl va janrlardan samarali foydalanish kabi muhum uslublar bilan belgilanadi. Oq kema qissasida yozuvchi bir tomondan milliy qadriyatlarni yuqori o‘ringa qo‘ygan bo‘lsa, ikkinchi tomondan tabiatni muhofaza qilish muammolarini asardagi rivoyatlar va voqealar rivoji orqali qalamga oladi.
Guruh talabalari Sh.Temirov va T.Muminovlar asarda jamiyat hayotidagi illatlar, turg‘unlikning mohiyati, Inson bilan Tabiat munosabatlari ham dolzarb bo‘lgan muammo va qadriyatlarmavzusida o‘zlarining fikr mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar. Milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalangan bola tabiatning har bir nushasidan bahramand bo‘lib yashaydi. Davra suhbati davomida talabalar bahsli munozaraga kirishdilar va savol-javoblar bilan asarni kengroq o‘zlashtirib olishdi. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH