XOTIRA TURNIRI

XOTIRA TURNIRI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-apreldagi 14-14/1-7712- sonli bayonida joriy yilning may oyida Respublikamizda “Sport oyligi”ni amalga oshirish maqsadida 2019-yil 12-may kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Taekvan-DoITF  bo‘yicha Toshkent shahrining ta’lim muassasalari maktab, litsey, kollej hamda oliy ta’lim muassasalarining 7 yoshdan 30 yoshgacha o‘quvchi va talaba-yoshlari o‘rtasida Li Yuriy Nikolayevich xotirasiga bag‘ishlab “Toshkent ochiq  kubogi” o‘tkazildi. 

Ushbu musobaqada Toshkent shahri va Respublikamiz viloyatlaridan kelgan 250 ga yaqin sportchilar ishtirok etishdi. 

Musobaqani ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Taekvan-Do ITF milliy assotsiatsiyasi Prezidenti Hasanov Laziz Sadullayevich, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Abdullayev Ulug‘bek Tulanboyevich, Buxoro viloyati Taekvan-Do ITF milliy assotsiatsiyasi Prezidenti Mukaramov Ubayd To‘rayevichlar ishtirok etishdi. 

 

скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH