YUKSAK MARRALAR SARI

YUKSAK MARRALAR SARI

   Joriy yilning 18 may kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Paxta sanoati texnologiyasi” fakulteti “Mehnat muhofazasi va ekologiya” kafedrasi tashabbusi bilan institutda “Kitob – tafakkur qanoti” va “Tabiat va atrof muhitni asrab avaylash” mavzularida ma’naviy – ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda fakultet dekani M.Ruzmetov, “Mehnat muhofazasi va ekologiya” kafedrasi mudiri O.Yo‘ldosheva, Slovakiya Respublikasi Bratislava shahridagi Comenius universiteti “Apteka” fakulteti “Farmatsevtika va botanika” kafedrasi doktori Lyudmila Levakova, “Paxtasanoat ilmiy markaz” bosh ilmiy xodimi N.Kamalov, Toshkent temir yo‘llari va muhandislik instituti “HFX” kafedrasi mudiri R.Roziqov, fahriy mehmonlar S.Bobojonova, V.Mirzaolimov, N.Mansurova, kafedra professor – o‘qituvchilari hamda talaba – yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir avvalida fakultet doktori A.Parpiyev hamda Slovakiya Respublikasi Bratislava shahridagi Comenius universiteti “Apteka” fakulteti “Farmatsevtika va botanika” kafedrasi doktori Lyudmila Levakova boshchiligida kafedra kutubxonasi ochildi.
Ushbu tadbirda ekologik ong va ekologik madaniyatning asosiy vazifasi xalqimiz ekologik madaniyatini oshirish orqali huquqiy fuqarolik jamiyati tamoyillari asosida tabiatdan foydalanishni yo‘lga qo‘yish, tabiatni muhofaza qilish sohasida Davlat nazorati bilan bir qatorda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, xalqimiz ongi va madaniyatida ona Vatanimiz tabiatiga bo‘lgan mehr - muhabbatini yanada oshirish, uni asrab - avaylash va kelgusi avlod uchun zarur hayotiy sharoitlar qoldirishimiz kerakligini alohida ta’kidlab o‘tildi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH