5 TA TASHABBUSI CHEKSIZ IMKONIYAT

5 TA TASHABBUSI CHEKSIZ IMKONIYAT

Joriy yilning 21 may kuni “Matbaa texnologiyalari” fakulteti tomonidan  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusi ijrosini ta’minlash,  O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi  hamda O‘zbekiston Respublikasi  Xalq ta’lim vazirligining 2018 yil martdagi Toshkent shahridagi Oliy ta’lim muassasalri va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustaxkamlash to‘g‘risidagi 30 q/q 18-sonli qarori va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 9 noyabrdagi 917-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Chilonzor  tumanida joylashgan 162-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabda “Otam, Onam va men – sog‘lom oila” shiori ostida “TTYeSI KUBOGI – 2019” sport musobaqalari o‘tkazildi.

Tadbirda “Matbaa texnologiyalari” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.M.A’zamov, To‘qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.S.Abdullayev, 162-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab derektori E.R.Yuldasheva, maktab o‘qituvchilari, o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Sport musobaqalarida ushbu maktabda tahsil olayotgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari turli sport turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar, g‘olib bo‘lgan jamoalarga institut rahbariyatining diplomlar, faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH