2019/2020 O’QUV YILI UCHUN KUTILAYOTGAN YANGILIKLAR

2019/2020 O’QUV YILI UCHUN KUTILAYOTGAN YANGILIKLAR

Bu yilgi qabul komissiyasi ancha soddalashtirilgan. O’zbekiston bo’ylab abituriyentlar uchun qulaylik yaratish maqsadida hujjat topshirishning oson usullari yaratilmoqda. Shu o’rinda bu yilgi hujjat topshirishda abituriyentlarga quyidagi imkoniyatlar yaratilgan. 
2019/2020-o‘quv yilidan boshlab oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga hujjat topshirirsh uchun abituriyentlar Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali murojaat qilish imkoniga ega.                                                                           
Xorijiy, xususiy hamda harbiy oliy ta’lim muassasalariga, oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga hamda oliy ta’lim muassasalari maxsus sirtqi ta'lim shakllariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlar, shuningdek, xorijiy fuqarolar bevosita Oliy ta’lim muassasasining o‘ziga hujjat topshiradi.           
Abituriyentlar ularning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatda turgan joyidan qat’iy nazar, eksterritorial tamoyil asosida istalgan Davlat xizmatlari markaziga kechayu-kunduz murojaat qilishi mumkin. O‘tgan o‘quv yillari bitiruvchilari may oyidan iyun oyining yarmigacha hujjat topshirishlari mumkin.                                                                            
Joriy o‘quv yili bitiruvchilari esa iyun oyining ikkinchi yarmidan iyul oyining oxiriga qadar topishirish imkoniga ega.        
Davlat xizmatlari markaziga quyidagi hujjatlarning asl nusxasi taqdim etiladi:
- fuqarolik pasporti (mavjud bo‘lmasa ichki ishlar bo‘limlari tomonidan berilgan 09-shakl bo‘yicha jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqamini ko‘rsatgan holda ma’lumotnoma);
- pasport yoshiga yetmaganlar uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
- umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan);
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat.                              
Abituriyent bir vaqtning o‘zida o‘qitishning bir shakli doirasida uchtagacha oliy ta’lim muassasasi (ta’lim yo‘nalishlari)ni tanlashi mumkin. Bir nechta oliy ta'lim muassasasi (ta’lim yo‘nalishlari)ni tanlashda imtihon topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi mos bo‘lishi shart.                                        
Abituriyent imtihon natijalariga ko‘ra oliy ta'lim muassasasiga qabul qilingan taqdirda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda ko‘rsatilgan hujjatlarning asl nusxalarini tegishli oliy ta'lim muassasalariga o‘quv yili boshlangunga qadar taqdim etadi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH