2019/2020-o‘quv yili uchun Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Mehnat muhofazasi va ekologiya” kafedrasi yangi yo‘nalishda abituriyentlarni qabul qilishga hozirlik ko‘rmoqda. Bu yo‘nalish “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi”deb nomlanadi. Uning mohiyati shundan iboratki, inson hayoti va faoliyatida xavfsizligini ta’minlashdan iborat.
Kafedra 1934-yildan beri o‘z faoliyatini olib boradi. 2018-2019 o ‘quv yilidan e’tiboran xavfsizlik masalasi bo‘yicha ixtisoslashgan kafedraga o‘zgartirildi. Kafedra Moskva to‘qimachilik Akademiyasi, Ivanova to‘qimachilik Akademiyasi, Qozog‘iston xorijiy texnologik universitetlari bilan doimiy hamkorlikda ishlaydi.
