KITOBXONLIK-MATBAACHILAR TALQINIDA

KITOBXONLIK-MATBAACHILAR TALQINIDA

Kuni kecha Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Matbaa texnologiyasi fakulteti Matbaa va qadoqlash  jarayonlari texnologiyasi kafedrasining professor-o‘qituvchilari hamdabitiruvchi talabalari ishtirokida “Kitobxonlik- matbaachilar talqinida”deb nomlangan tadbir tashkil etildi.
Tadbir 27-iyun Matbuot va Ommaviy axborot vositalari va 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazildi. Tadbirni ochib bergan institut monitoring bo‘lim boshlig‘i A.Abdug‘afforov yoshlarni bayram munosabati bilan qutladi. Shuningdek, tadbirda “Sharq” nashriyotining kitoblar ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tdi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, kitobxonlikni targ’ib etishdan iborat. Beshta muhim tashabbusning mazmun-mohiyatini ochib bergan  tadbir ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. 

скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH