KASB-HUNAR KOLLEJLARI BILAN HAMKORLIKDA

KASB-HUNAR KOLLEJLARI BILAN HAMKORLIKDA

Yurtimizda yoshlarni har tamonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning amaliy tajribalarini yanada mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Prezidentimizning besh tashabbusiga ko‘ra, yoshlarni ish bilan ta’minlash ishlab chiqarish amaliyotlariga jalb qilish,ularning amaliy tajribalarini yanada boyitish muhim vazifadir. Shu o‘rinda, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti o‘qituvchilari o‘rta-maxsus kasb -hunar kollejlari bilan ham doimiy hamkorlikda ish olib boryapti. Institutimizning Mashinashunoslik va servis xizmati kafedrasi assistenti SH.Xoldorov Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on Agrosanoat va tadbirkorlik kasb-hunar kollejida bitiruvchilarning kasbiy-amaliyot imtihonlarida   DAK raisi sifatida ishtirok etdi. O‘quvchilar o‘qish bilan bir qatorda muntazam ravishda, “Maksim Gold” TEXTIL MCHJda amaliyot olib boradi. Albatta, amaliyot kelajakda o‘z mevasini beradi. Yoshlar o‘z ishining ustasi bo‘lib yurtimiz rivojiga o‘z hissalarini qo‘shishadi.

скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH