TTYESI JAMOASI BELARUS RESPUBLIKASIDA

TTYESI JAMOASI BELARUS RESPUBLIKASIDA

“Vitebsk davlat texnologiya universiteti”ga O‘zbekiston Respublikasidan tashrif buyurgan delegatsiya

   Joriy yilining 11-14 iyun kunlari Viteb davlat texnologiya universitetida O‘zbekiston Respublikasining xorijiy delegatsiyasi mehmon bo‘ldi. Belarus va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga bo‘lgan intilishdan kelib chiqqan holda, o‘zaro hamkorlik va manfatdorli bo‘lgan sharoitlarda O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligi yo‘nalishi uchun milliy kadrlar tayyorlash,ta’lim sohasi, fan, madaniyat va samarali o‘quv metodologik ishlarni rivojlantirish, hamda o‘zaro manfaatli, to‘g’ridan to‘g’ri hamkorlikni mustahkamlash kabi masalalar bilan VDTUga ikki o‘zbek oliy ta’lim muassasalari vakillari tashrif buyurishdi:
  • Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti (Toshkent shahri )
  • Berdaq nomidag Qoraqalpog‘iston davlat universiteti (Nukus shahri);
VDTU rektori texnika fanlar doktori, professor A.A. Kuznetsov bilan rasmiy uchrashuvlar o‘zaro hamkorlik, ta’lim va fan kabi masalalari(ta’lim dasturlari, o‘quv-metodik va ilmiy materiallar chop etish; ilmiy maqola,qo‘llanmalar,kitoblar almashish; ilmiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish; yig‘ilish, seminar,konferensiya, hamkorlik kunlarini birgalikda tashkil etish, hamkorlikda xalqaro tadbirlar tashkil etish) xususida kelishib olindi.
Vitebsk davlat texnologiya universiteti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, texnika fanlari nomzodi, dotsent I.A.Petyul boshchiligida o‘tkazilgan aylana stol doirasida,oliy ta’limning 1 va 2 pog’onali, ikki diplom berish hamkorlik ta’lim dasturining detallari muhokama qilindi, hamkorlik shartnomalari, kelishuvlar va o‘quv dasturlari imzolashga  kelishib olindi.
Delegatsiya uchun universitet bo‘ylab  ekskursiya uyushtirildi,mehmonlar universitetning tashkil etilish tarixi va rivojlanishi  bilan tanishdi,oliygohning o‘quv korpuslarini ko‘zdan kechirdi,u yerdao‘quv-amaliy laboratoriyalarning moddiy-texnik jihozlari bilan tanishishdi.
Tadbir doirasida mehmonlar yetakchi xolding kompaniyalar bo‘lmish, Belarus charm- poyabzal kompaniyasi “Makro” va “Vitebsk gilamlari” mahsulotlarini tayyorlash jarayonlari bilan tanishdi. Tashrif so‘ngida VDTU va TTYeSI o‘rtasida hamkorlikdagi o‘quv dasturlari,”yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlab chiqarish va texnologiyasi” (charm mahsulotlari) - bakalavr talabalariga ikki tomon diplomlarini berishga kelishib olindi.“Kiyim,poyabzal va charm,teri mahsulotlari ishlab chiqarish” sirtqi yo‘nalishida(VDTU) mutaxassis- injener malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlikdagi ikki tomonlama shartnomalar imzolandi. 
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti bilan hamkorlikdagi “To‘qimachilik ishlab chiqarishda innavotsion texnologiyalar” fakultetini tashkil etish borasida kelishuvlarga erishildi. Bunda tashqari ,hamkorlikdagi 2+2 o‘quv dasturi bo‘yicha yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlab chiqarish va texnologiyasi (turlari bo‘yicha),(QDU,TTYeSI) va “To‘qimachilik matolari ishlab chiqarish(texnologiya va menejment)” (VDTU) yo‘nalishlaridagi bakalavr bitiruvchilariga ikkita diplom berish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.Hamkorlikdagi o'quv dasturlari, mamlakatlar o‘rtasida ilm- fan, madaniyat va do‘stlikni mustahkamlashi shubhasiz.
       
WWW.VSTU.by dan tarjima qilindi.

                                                                                
      
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH