SIRTQI TA’LIM YANGILIKLARI

SIRTQI TA’LIM YANGILIKLARI

Bugungi kunda yosh avlodni ilm-fanga yo‘naltirish,har bir ishchi-xodimni yetuk mutaxassis qilib tayyorlash - davlatimiz oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Xalqning ma’naviy, ilmiy darajasini ko‘tarsak, biz yurtimizni dunyo hamjamiyatidagi o‘rnini yana bir bor oshirgan bo‘lamiz. Shu sababli, oliygohlarda sirtqi va maxsus sirtqi bo‘limlar ochilib, abituriyentlar qabul qilinmoqda. 
  2018-2019 o‘quv yilidan e’tiboran Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ham sirtqi bo‘limga talabalar qabul qilina boshlangan. 2019-yil 17-iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019/2020-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g’risida”gi PQ-4359-sonli qaroriga muvofiq,TTYeSI sirtqi ta’limi uchun 165 ta o‘rin ajratildi.
Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish,talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”ginizomni tasdiqlash haqidagi qarorining 5-ilovasiga muvofiq, 
  • O‘qishning sirtqi shakliga talabalikka faqat to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi
  • O‘qishning sirtqi shakliga kirish uchun hujjatlar har yili 1- iyulidan 30- iyuligacha qabul qilinadi
  • Kirish imtihonlari har yili 1-avgustdan 20-avgustigacha bo‘lgan muddatda o‘tkaziladi
  • Kirish imtihonlari kamida 3ta fandan muayyan ta’lim yo‘nalishida o‘qitish tilida o‘tkaziladi
  • O‘qish muddati 5 yil
Sirtqi ta’lim shaklida – umumiy o‘rta (10-11 sinflar), o‘rta maxsus, kasb-hunar kollejlarini tugatgangligi to‘g‘risidagi hujjatga ega, kirish imtihonlaridan o‘tgan abituriyentlardan shakllantiriladi. 2019/2020 o‘quv yilida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida sirtqi bo‘lim uchun tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari quyidagilar
  • 5310900Metrologiya standartlashtirish mahsulot sifati menejmenti(tarmoqlar bo‘yicha)
  • 5320300 Texnologik mashinalar va jihozlar
  • 5320400 Kimyoviy texnologiya(ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)
  • 5320800 Matbaa qadoqlash jarayonlar texnologiyasi
  • 5320900Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi
  • 5320901Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi: yigirilgan ip ishlab chiqarish
  • 5320902Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi:ipak mahsulotlarini ishlab chiqarish
  • 5320905Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi:tikuv buyumlari
  • 5320906Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi:teri (qorako‘l) va mo‘ynaga ishlov berish
  • 5321200 Таbiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (хоm ashyo turlari bo‘yicha) 
2019/2020-o‘quv yilida TTYeSI  abituriyentlar uchun  barcha qulayliklarni yaratdi. Ota-onalar uchun kutish joylari,”Axborot maslahat markazlari” faoliyat ko‘rsatmoqda.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH