XAYR, AZIZ BITIRUVCHILAR!!!

XAYR, AZIZ BITIRUVCHILAR!!!

27- iyun kunida Matbaa texnologiyalar fakultetida bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda bituruvchilar va fakultetning professor- o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Tadbirni Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor U.Abdullayev ochib berdi. Bitiruvchilarning kelgusi ishlarida omad tilab, yoshlarni o‘z kasblarini yetuk ustasi bo‘lishlarini tiladi. Shundan so‘ng fakultetni imtiyozli tugatgan talabalarga diplomlar topshirildi. M.Sobitova, T.Abdullajonov, A.Olimov,  M.Isoqovalarga instituni a’lo baholarga tugatganligi haqida imtiyozli diplomlar berildi. Fakultet dekani H.Temurov barcha yoshlarga katta hayot ostonasida omad tiladi. Institutni bitirib chiqayotgan yoshlar bugungi kunda yurtimiz hayotining turli sohalarida faoliyat yuritayotganini, ayni paytda o‘z diplomlarini qo‘lga kiritgan yoshlar ham  mamlakatimiz ravnaqi uchun o‘zlarining munosib hissasini qo‘shishini ta'kidlab o‘tdi. Bitiruvchilarning kelgusi ishlarida omad tilaymiz. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH