HISOBOT MAJLISI BO‘LIB O‘TDI

HISOBOT MAJLISI BO‘LIB O‘TDI

Joriy yilning 28-iyun kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida 2018-2019-o‘quv yili yakunlari bo‘yicha yilllik hisobat majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda institut kengashi, professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Majlis tanqidiy ruhda o‘tkazildi. Yil davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar xususida so‘z bordi. Majlisni institutimiz rektori B.Onorboyev ochib berdi. Shundan so‘ng, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor X.Kamilova yillik hisobotini o‘qib eshittirdi. Xususan, ishchi o‘quv dasturlarida eski adabiyotlardan foydalanilayotgani, talabalarni bilimini baholash reyting tizimi yaxshi ishlamayotgani, yosh pedagoglarni  kasbiy mahorati kamligi, davomat pastligi, chet tilida o‘qitiladigan umumkasbiy ixtisoslik fanlarning salmog’i hozirgi kun talablariga javob bermasligi hamda kafedralarning ijro intizomi talab darajasida emasligi xususida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek kelgusida bu kamchiliklarni hal etish yo‘llari haqida o‘z takliflarini bildirdi. Ilmiy innavotsion faoliyat  haqida yillik hisobotni Ilmiy ishlar va innavotsiyalar bo‘yicha prorektor A.Gulamov o‘qib eshittirdi. Institutning ilmiy salohiyatihaqida so‘z bordi. Kamchiliklarga to‘xtalib, fakultetlarda ilmiy to‘plamlar kamligi, maqolalar kamligi, 2019-yil hisobidan atigi 7 ta patent olingani, xorijiy talabalar kamligi haqida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, kamchiliklarning yechimlarini haqida ham gapirildi. Majlisda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor U.Abdullayev, Monitoring va ichki nazorat bo‘lim boshlig’i A.Abdug’affarov va boshqalar yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar xususida batafsil ma’lumot berishdi. Majlis so‘nggida institut kengashi va professor-o‘qituvchilar yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish yo‘llari haqida so‘z yuritishdi. Fakultetlar,kafedralar birgalikda bu kamchiliklarni bartaraf etishga kelishib olishdi. Albatta ,ish bor joyda kamchiliklar ham bo‘ladi. Bu kamchiliklar institut xodimlari doimiy harakatda ekanligidan darak beradi. 2018-2019-o‘quv yilidagi yutuqlar ham havas qilarli darajada. Sport,ilmiy ishlar,yoshlar bilan ishlash bo‘limlaridagi yutuqlarimiz institut obro‘siga obro‘  qo‘shishi shubhasiz. 


скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH