MAGISTRATURADA O‘QIMOQCHIMISIZ?

MAGISTRATURADA O‘QIMOQCHIMISIZ?

Bakalavriatdan keyingi bosqich magistratura hisoblanadi. Bu bosqichda o‘qishga kirish tartibi qanday? 2019- yilning 17- iyunida qabul qilingan “2019/2020-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g’risidagi” PQ-4359-sonli qaroriga muvofiq bir qator o‘zgarishlar kiritildi. 
   Oliy ta’lim muassasalarining mavjud quvvatlari moddiy-texnik bazasi hamda professor- o‘qituvchilar tarkibidan kelib chiqib, bo‘ysunuviga ko‘ra, vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda oliy ta’lim muassasalariga magistratura mutaxassisliklariga bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha qo‘shimcha qabul parametrlari asosida amalga oshiriladi. Magistr darajasiga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar qatlamini kengaytirish maqsadida magistraturaga qabul qilishda abituriyentlarning qabul bo‘yicha belgilangan turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlar negizidagi magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ham tanlovda ishtirok etishiga ruxsat beriladi.
   2019/2020-o‘quv yilida jami 7695 nafar magistrlarni qabul qilish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, 2018- o‘quv yilidan boshlab imtihonlarga ham o‘zgartirish kiritildi. Topshiruvchilar  mutaxassislik fanidan test, uchta savolga yozma javob va chet tilidan test topshirishadi. Hujjat topshirish joriy yilning 1-iyulidan 30-iyuliga qadar davom etadi. Magistraturaga kirishda abituriyentlar(bakalavr darajasiga ega bo‘lganlar)oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
  • Magistratura mutaxassisligi ko‘rsatilgan holda,oliy ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;
  • Oliy ma’lumot to‘g’risidagi hujjatning asl nusxasi hamda ilova;
  • Chop etilgan ilmiy maqola yoki tezislari(yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlar) nusxasi;
  • 3.5x4.5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
  • 086-U- shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
  • Hujjatlar taqdim etilish jarayonida abituriyentlar pasportini ko‘rsatishi shart;
  • Imtiyoz beruvchi hujjatlarning asl nusxasi.
“Vazirlar Mahkamasining Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish,talabalar o‘qishini ko‘chirish,qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g’risida”gi 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qaroriga muvofiq, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari sohibalari, shuningdek “Mard o‘g’lon” davlat mukofoti sohiblari bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari talabalari  bakalavr darajasiga ega yoshlar magistraturaga tanlovdan tashqari alohida davlat grantlari asosida qabul qilinadi. Bu imtiyozlar harbiy ta’lim muassasalariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasiga,Toshkent davlat yuridik universitetiga,O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Respublika biznes va boshqaruv oliy maktabi, O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ularning filiallariga tatbiq etilmaydi. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga magistrlar uchun alohida imtiyozlar joriy etildi.2019- 2020 o‘quv yili uchun 140 ta kvota ajratilgan. Shundan 4 tasi to‘lov-kontrakt, 136 tasi davlat granti asosida qabul qilish ko‘zda tutilgan.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH