XITOY DELEGATSIYASI INSTITUTIMIZ-MEHMONI

XITOY DELEGATSIYASI INSTITUTIMIZ-MEHMONI

Joriy yilning 2-iyul kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Xitoylik delegatlar mehmon bo‘lishdi. Xitoy va O‘zbekiston munosabatlari azaldan do‘stlik va ishonch rishtalari bilan mustahkam bog’langan.

Bugungi kunda O‘zbekiston Xitoy o‘rtasida ta’lim, tibbiyot, texnologiya va boshqa sohalarda hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Shu o‘rinda ta’lim sohasida ham bir qator shartnomalar, kelishuvlar imzolangan. Xitoyda ishlab chiqarish juda rivojlangan. Xitoyhukumati bizning yurtimizga investitsiya kiritishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Mehmonlarning kelishidan maqsad O‘zbekiston institut va universitetlari bilan ilmiy, amaliy tajribalarni hamkorlikda olib borish, birgalikda to‘qimachilik materiallari ishlab chiqarishni maqsad qilgan. 

Xitoylik delegatlarga institutimiz haqida ba’tafsil ma’lumot berildi. Mehmonlar ham o‘zlari haqida tashrifidan maqsadi haqida uzoq so‘zladi. Institutimizda xitoy bilan hamkorlikda laboratoriya tashkil etishga kelishib olindi.  

Ikkala davlat vakillari bir-birlariga esdalik sovg’alar ulashdi.  Shundan so‘ng, mehmonlarga institutimiz bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi. Institutimizda talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.Ular laboratoriyalarimizdagi sharoitlarni borib ko‘rishdi. Dastgohlarimizni ko‘zdan kechirishdi. O‘ylaymizki, Xitoy bilan hamkorlik aloqalari bundanda bardavom bo‘ladi. 

                                                          
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH