QABUL-2019

QABUL-2019

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida 2019/2020-o‘quv yili uchun tayyorgarlik ishlari  boshlab yuborilgan. Hujjat topshirish jarayoni avjida. Turli davlat vakillari bilan hamkorlik aloqalari kundan kunga kengayib bormoqda. Joriy yil hisobidan Belarus respublikasi, Fransiya kabi davlatlar bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Xitoy bilan esa hamkorlikda o‘quv laboratoriyalar tashkil etish borasida kelushuvga erishildi. Joriy yildan boshlab institutimizda 3 ta yangi yo‘nalish 2 ta qo‘shma fakultet abituriyentlardan hujjat qabul qilyapti. 
  • Buxgalteriya hisobi va audit(tarmoqlar bo‘yicha)jami 25ta o‘rin
  • Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 25 ta o‘rin
  • Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi 40 ta o‘rin
Shuningdek, Parij xalqaro moda Akademiyasining bakalavr ta’lim shakli uchun “tikuv buyumlarini modellashtirish” hamda Belarus bilan hamkorlikdagi “yengil sanoat buyumlari konstuksiyasini ishlab chiqarish va texnologiyasi(charm mahsulotlari)” bo‘yicha yangi yo‘nalishlarda hujjat qabuli davom etmoqda. Bugungi kunga qadar kunduzgi ta’lim shakliga jami 812 ta, sirtqi ta’limga 147 ta abituriyent hujjat topshirdi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH