TALABALARIMIZ AMALIYOTLARGA JO‘NATILDI

TALABALARIMIZ AMALIYOTLARGA JO‘NATILDI

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti to‘qimachilik matolari texnologiyasi kafedrasining 2 va 3 kurs talabalari tanishuv va malaka amaliyotlarini o‘tash uchun korxona va firmalarga jo‘natildi. Institutimiz to‘qimachilik , yengil, sanoat, dizayn sohalaridagi yetakchi firmalar va nashriyotlar bilan talabalar amaliyot o‘tashi uchun hamkorlikda ish olib borib kelishmoqda. ”Rixsitilla gazmol servis” va “Apitex”MCHJda ikkinchi va uchinchi kurslarimiz amaliyotlarini o‘tamoqda.  Amaliyot davrida  talabalarimiz o‘quv yili davomida olgan, nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun bor kuch g’ayratlarini sarf qilishmoqda. Tanishuv amaliyotini o‘tayotgan yoshlarimiz asosan texnikalar bilan tanishib, ularni ishlatishni o‘rganishadi. Malaka amaliyotini o‘tayotgan talabalarimiz sohaning sir- asrorlari, ishga ma’suliyat va sidqidildan yondashish ko‘nikmalarini egallashmoqda. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, ko‘z bilan ko‘rgan ma’lumotimizni 60%ini eslab qolamiz. Amaliyotda o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, qo‘li bilan bajarsa 100%lik natijaga erishamiz. Amaliyot-talabada ishlash mahoratini shakllantiradi. Har bir talabani amaliyotlarga jalb qilsak, o‘ylaymizki, kelajakda sohamizning jonkuyar,fidoyi insonlari yetishib chiqadi. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH