SPORT-BIRDAMLIKKA YETAKLAR

SPORT-BIRDAMLIKKA YETAKLAR

Sport sog’lik sari qo‘yilgan qadamdir. Jismoniy mashg’ulot muskullar guruhiga ta’sir qilmay, butun organizmga ta’sirini ko’rsatadi. Shu sababli jismoniy harakat bilan shug’ullanuvchilar tetik, ruhan yengil, quvvatga to’lgan, kayfiyati baland, dili ravshan bo’ladi. Besh tashabbusga ko‘ra, joriy yilning 14-iyul kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tasarrufidagi Humson qishlog’ida joylashgan ”Rohat” sport sog’lomlashtirish oromgohida yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida sport musobaqalari tashkil etildi. Unda institutimizning professor-o‘qituvchilari hamda dizayn turlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarimiz ishtirok etishdi.  
Yoshlar sportning voleybol, shaxmat, shashka, stol-tennis turlari bo‘yicha kuch sinashishdi. O‘zlarining nafaqat ilmda, balki sportda ham epchil ekanliklarini yana bir bor ko‘rsatib qo‘yishdi. Tadbir so‘nggida g’oliblar diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH