PARIJ XALQARO  MODA AKADEMIYASIDA IJODIY IMTIHONLAR BOSHLANDI

PARIJ XALQARO MODA AKADEMIYASIDA IJODIY IMTIHONLAR BOSHLANDI

Joriy yilning 22-iyul kuni 2019-2020 o‘quv yili uchun hujjat topshirgan abituriyentlarga Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Parij Xalqaro moda Akademiyasining bakalavr ta’lim shakli uchun “tikuv buyumlarini modellashtirish” qo‘shma fakultetida ijodiy imtihonlar boshlandi. 
Ijodiy imtihonlarni kuzatib borish uchun Toshkent Fransiya Alyansi direktori D.Ahmedov ishtirok etdi. Abituriyentlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Imtihonlar shaffof va ochiq tarzda tashkil etildi. 
Abituriyentlar A3 formatli qog’ozda model eskizi kompozitsiyasi(old va orqa ko‘rinishi),modelning texnik rasmi, model tavsifi, model eskizi bo‘yicha berilgan bazali asos konstruksiya shablonida texnik modellashtirish, kiyim asosiy detallari andozalarining shablonlarini ishlab chiqish va qirqimlarning nomlanishini belgilash kabi kategoriyalar bo‘yicha baholanadi.
Kasbiy imtihonlarni jami100 ballik tizimda baholash ko‘zda tutilgan.  
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH