YOSHLARGA E’TIBOR-ISHONCHLI KELAJAK SARI

YOSHLARGA E’TIBOR-ISHONCHLI KELAJAK SARI

   Bugungi kunda barcha sohalar rivojiga qaratilayotgan e’tibor va imkoniyatlar, shart-sharoitlar jadallik bilan olib borilmoqda. Ayniqsa, ta’lim sohasida yangi innovatsiyalar, yoshlarni ilm-fanga yanada qiziqtirish, kitobxonlik bilan ko‘proq muloqot qilish hamda davra suhbatlari, tadbirlar, seminar treninglar o‘tkazilmoqda. Bugun maktab partasida ta’lim-tarbiya olayotgan o‘quvchilarning bir qismi ertaga turli kasb-hunarlarni egallasa, ilmga intilgan iqtidorli, iste’dodli yoshlar oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettiradilar. Xususan, maktab o‘quvchilarida ilm olishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan. 
   Navbatdagi ana shunday tadbir Toshkent viloyati Zangiota tumani 28 maktab o‘quvchilari bilan tajriba almashish maqsadida  kuni kecha TTYeSIga ekskursiya qilish uchun tashrif buyurishdi. Tadbirni TTYeSI o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor X.H.Kamilova ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish maqsadida “Men shu aziz Vatan farzandiman” shiori ostida turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirni o‘tkazdi. Unda institutda bo‘layotgan yangiliklar, texnik jihozlar va bu maishiy texnik anjomlarining amaliyotda ishlash jarayoni maktab o‘quvchilariga ko‘rsatib o‘tildi. Anjumanga 28 maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, yoshlar ittifoqi etakchisi, o‘qituvchilar va 7-8-9-10sinf o‘quvchilari ishtirok etdi. Tadbir jarayoni o‘quvchilarda ijobiy taassurot qoldirdi hamda yuqori kayfiyatda yakunlandi.  
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

ҳ қ

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
YOPISH