INSTITUTIMIZDA IJODIY IMTIHONLAR BOSHLANDI

INSTITUTIMIZDA IJODIY IMTIHONLAR BOSHLANDI

Bugun, 29 iyul Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga  kirish uchun ijodiy (kasbiy) imtihonlar boshlandi.
Ijodiy imtihon institutimizda  yengil sanoat texnologiyasi va dizayn  fakultetining “Dizayn” yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyentlarimiz uchun bo‘lib o‘tmoqda. Eslatib o‘tamiz,  abituriyentlar uchun imtihon ikki bosqichda o‘tkaziladi.  Chizma tasviri hamda kompozitsiya bo‘yicha ijodiy ishlar topshiriladi.  Bu yil jami 286 ta abituriyent dizayn yo‘nalishiga hujjat topshirgan. Shundan 4 ta abituriyent imtiyoz asosida qabul qilinadi, 15 ta abituryient imtihon jarayoniga  kelmadi.  Ota-onalar va abituriyentlarning yaqin qarindoshlari imtihon jarayonini jonli tarzda monitor orqali kuzatib borishyapti. Shuningdek, imtihon jarayonini auditoriya rahbari bilan birgalikda, ota-onalar tamonidan tayinlangan vakillar ham  kuzatib borishmoqda. 

Imtihonlarni onlayn kuzatayotgan ota-onalarni suhbatga chorladik. Suhbatdoshimiz: Sр.Zayniddinova Toshkent  davlat sharqshunoslik instituti o‘qituvchisi, qizi Sh.Muhammedovani qo‘llab-quvvatlash maqsadida institutimizga tashrif buyurgan. “Imtihon jarayoni shaffof va ochiq  bo‘layotganidan mamnunman, imtihonlarni qizim a’lo baholarga topshirib chiqishiga  ishonaman” deya barcha abituriyentlarga o‘z farzandi qatori omad tiladi. 
Qashqadaryo viloyatidan tashrif buyurgan Berdiyeva Farog‘at opani suhbatga tortdik.“Qizim-Samadova Ma’mura imtihon topshiryapti. Monitor orqali hamma jarayonga guvoh bo‘lyapman. Imtihon jarayoni a’lo darajada tashkil etilgan, hech qanday shikoyatim yo‘q”.
Barcha imtihon topshirayotgan abituriyentlarga omad tilaymiz.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH