YAXSHI TA’LIM-KELAJAK MUVAFFAQIYATINING GAROVIDIR

YAXSHI TA’LIM-KELAJAK MUVAFFAQIYATINING GAROVIDIR

Belarus Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ikki tomonlama diplom (double degree) beriladigan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. 2018-2019 o‘quv yilida O‘zbekiston va Belarus Respublikasi hamkorlida 3 ta oliy ta’lim muassasalarida qo‘shma fakultetlar ochilgan bo‘lsa, 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab, 18 ta oliy ta’lim muassasalarida qo‘shma ta’lim  tashkil etildi. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti va Belarus Respublikasidagi Vitebsk davlat texnologiya universiteti bilan hamkorlik a’lo darajada olib borilmoqda. 
Joriy yildan boshlab, institutimiz Vitebsk  davlat texnologiya universiteti bilan hamkorlikda 5320900-Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi charm, mo‘yna buyumlari va teri va mo‘ynaga ishlov berish yo‘nalishida sirtqi ta’lim uchun abituriyentlarni qabul qilmoqda. O‘qish muddat 5 yil. Dastur 2+2+1 shaklda olib boriladi. 1,2,5 kurslar O’zbekistonda talabalar o‘qitilsa, 3 va 4 kurslarda Belarus Respublikasida ta’lim olishadi. Yotoqxona bilan ta’minlanadi. Biz sizni talabalarimiz safida ko‘rganimizdan xursandmiz.
 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH