TESTLAR BOSHQA KUNGA KO‘CHIRILDI

TESTLAR BOSHQA KUNGA KO‘CHIRILDI

Qurbon Hayiti munosabati bilan 11-avgust, yakshanba kuniga belgilangan test sinovlari boshqa kunga ko‘chirilishi rasman tasdiqlandi. Bu haqda DTM xabar bermoqda. Boshqa kunga ko‘chirish jarayonlari faqat 11-avgust kuni testga kiradigan abituriyentlarga taalluqli bo‘ladi. Boshqa kundagilar o‘zlari uchun belgilangan kunda test sinovlariga kiraveradi. Jumladan, hududlarda 11-avgustga belgilangan test sinovlari quyidagi kunlarga ko‘chirildi:
Qashqadaryo viloyati – 12-avgustga
Farg‘ona viloyati – 13-avgustga
Jizzax viloyati – 13-avgustga
Navoiy viloyati – 13-avgustga
Qoraqalpog‘iston – 14-avgustga
Andijon viloyati – 14-avgustga
Xorazm viloyati – 14-avgustga
Samarqand viloyati – 14-avgustga
Buxoro viloyati – 15-avgustga
Test sinovlari ko‘chirilgan abituriyentlar test sinoviga kirish ruxsatnomasini yangidan olishi shart emas. Bino hamda test sinovlari vaqti (smenasi) avvalgidek saqlanib qoladi.
Ro‘yxatda ko‘rsatilmagan hududlarda test sinovlari 11- avgustgacha tugab bo‘lgan bo‘ladi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH