KOREYALIK PROFESSORLAR ISHTIROKIDA  SEMINAR TASHKIL ETILDI

KOREYALIK PROFESSORLAR ISHTIROKIDA SEMINAR TASHKIL ETILDI

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida joriy yilning 21- avgust kuni Koreya Respublikasining Sun Moon universiteti professorlari Young-Sik Pyun, Soon- Vohn Li hamda Avaz Amanovlar ishtirokida  seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar“Materiallarning mexanik va tribologik xususiyatlarini yaxshilash uchun qo‘shimchalardan foydalanish” mavzusida bo‘libo‘tdi.   
Seminar qizg’in muhokamalarga boy bo‘ldi. Seminarning yana bir e’tiborga molik jihati shundaki,    professorlar ingliz tilida ma’ruza qilgani bo‘ldi. Bu professor- o‘qituvchilarimizning malakasini oshirish  bilan birga til o‘rganish ko‘nikmasini ham shakllantiradi. Seminarlarni xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda o‘tkazishdan maqsad esa professor- o‘qituvchilarimizni malakalarini yanada oshirish, davlatlar o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan iboratdir.  Bu seminarlar yangi o‘quv yiliga  professor-o‘qituvchilarimizni  qizg’in tayyorgarlik ko‘rayotganligidan dalolatdir.

скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH