XORIJIY FUQAROLARGA SUHBAT BO‘LIB O‘TDI

XORIJIY FUQAROLARGA SUHBAT BO‘LIB O‘TDI

  O‘zbekistonda joriy yilda oliy ta’lim muassasalari soni 110 taga yetdi. O‘zbekistonlik fuqarolar bilan bir qatorda xorij davlat fuqarolari ham  O‘zbekiston OTMlarida o‘qish istagini bildirishmoqda. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga joriy yilda 7 nafar xorijiy davlat vakillari hujjat topshirishdi. Ular Rossiya, Qozog’iston ,Qirg’iziston, Turkiya, Tojikiston kabi  davlat fuqarolaridir. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 20-iyundagi qaroriga binoan, MDH mamlakatlaridan kelgan xorijiy fuqarolar  yurtimizdagi barcha  OTMlarda bakalavriyatiga suhbat asosida qabul qilish ko‘zda tutilgan. 
Shunga ko‘ra institutimizda joriy yilning 22- avgust kuni xorijiy fuqarolar bilan suhbat o‘tkazildi.  Abituriyentlarning dunyoqarashi, kasbiy ishtiyoqi va  o‘qishga kirish sabablari, umumiy intellektual  darajasi, ma’naviy-axloqiy darajalari bo‘yicha baholanadi. Shu paytgacha institutimizda 3 nafar chet ellik fuqaro tahsil olib kelishmoqda. Ularga barcha shart- sharoitlar yaratilgan.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH