ZAMON BILAN HAMNAFAS

ZAMON BILAN HAMNAFAS

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida joriy yilning 28-avgust kuni “Bek cluster” MCHJ vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda institutimiz rektori B.Onorboyev,prorektorlar,professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.  Uchrashuvni institutimiz rektori ochib berdi. Shundan so‘ng, “Bek cluster” MCHJ direktori U.Sotiboldiyev yig’ilganlarga o‘z faoliyati haqida so‘zlab berdi. 
O‘zbekistonda klaster yangi rivojlanib kelayotgan tizimlardan biri hisoblanadi. Klaster- ishlab chiqarish tizimi bo‘lib ayrim alohida korxonalar guruhlarini o‘zaro yagona texnologik tizimga  birlashtiradi va dastlabki xom ashyodan boshlab yakuniy mahsulotning ishlab chiqarilishini barcha bosqichlarini kamaytiradi va foydalanishda uning yuqori darajada bo‘lishini ta’minlaydi.
Klaster tizimi bugungi kunda to‘qimachilik, paxta sanoati kabi sohalarda keng qo‘llanilib kelinmoqda.  “Bek cluster” vakillari Sirdaryo viloyati misolida klaster tizmini ishlash prinsiplari haqida taqdimot yig’ilganlarga namoyish etildi. Taqdimotda  amaliyot va nazariya uyg’unligini birgalikda olib borish, shundagina bugungi kun talablariga mos, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash imkoniyatlari haqida so‘z bordi. Qachonki, ishlab chiqarishga talabalar jalb etilar ekan, yetuk kadrlar shunda paydo bo‘lishi haqida alohida gapirildi. Asosiysi to‘qimachilik klasterlariga barcha texnologik uskunalarni samarali ishlatib sifatli mahsulot olishni ta’minlab beruvchi kadrlar tayyorlab berish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Uchrashuv so‘nggida institut va bek kluster vakillari kelgusida birgalikda hamkorlik qilish haqida kelishib olishdi. “Bek kluster” vakillari institutimiz qoshida tashkil etilgan, ochilishi sentabr oxiriga rejalashtirilgan texnopark imkoniyatlari bilan tanishishdi.   
       
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH