KENGAYTIRILGAN KENGASH O‘TKAZILDI

KENGAYTIRILGAN KENGASH O‘TKAZILDI

Yangi o‘quv yili boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Shu munosabat joylarda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlikning so‘nggi ishlari amalga oshirilmoqda.  Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida joriy yilning 30-avgust kuni kengaytirilgan kengash tashkil etildi.  Tadbirda institutimiz rektori B.Onorboyev, prorektorlar, professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Kengashda asosiy masala 2019-2020 o‘quv yiliga tayyorgarlik yakunlariga bag’ishlandi.  Tadbirni institutimiz rektori ochib berdi.

Shundan so‘ng, institutimiz  O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori X. Kamilova yangi o‘quv yiliga o‘quv bo‘limi xodimlari tayyogarliklari haqida to‘xtalib, jumladan  yangi o‘quv yili uchun jami 82 ta ishchi o‘quv rejalar ishlab chiqilgani, chet tili fanidan dars berayotgan o‘qituvchilar faoliyatini yanada takomillashtirish hamda  sirtqi ta’lim va malaka oshiruvchilar uchun masofaviy ta’limni yo‘lga qo‘yish xususida gapirib o‘tdi. Shuningdek,  Ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori A. Gulamov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor U.Abdullayev va boshqalar yangi o‘quv yiliga institutimiz tayyor holatga keltirilganini ma’lum qildi. Takliflar,talablar o‘rtaga tashlandi hamda mavjud muammolarning yechimlari ustida ishlandi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH