MUSTAQILLIK DARSLARI BO‘LIB O‘TMOQDA

MUSTAQILLIK DARSLARI BO‘LIB O‘TMOQDA

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida joriy yilning 4- sentabr kuni mustaqillik darslari bo‘lib o‘tdi. Unda institutimizda uzoq yillardan beri mehnat qilib kelayotgan faxrli o‘qituvchilar  taklif etildi. 
Tajribali professor-o‘qituvchilarning bosib o‘tgan hayot yo‘llari yoshlarga , albatta ibrat bo‘ladi. Mustaqillik  yillarda erishilgan yutuqlarimiz, bugungi kundagi hamda kelajakda  erishiladigan yutuqlarga shukronalik hissi, o‘z ishiga, kasbiga sadoqat ruhida tarbiya topish muhimligi ta’kidlab o‘tildi. To‘qimachilik matolari texnologiyasi kafedrasi professor- o‘qituvchilari ham shu soha rivojida  mehnat qilib , hozirgi kunda nafaqada bo‘lgan professor E.Sh.Alimbayevni  mustaqillik darslariga taklif etishdi.  U kishi to‘qimachilik    sohasida katta  ilmiy maktab yaratgan inson sifatida talabalarimizga yaxshi tanish. Mustaqilllik darslariga faxrli insonlarni  taklif etishdan maqsad, yoshlarimiz ulug’ insonlardan ruhlansin, kelajakda shu insonlardek yetuk mutaxassis bo‘lib o‘z kasbiga sadoqat bilan   yondashishni o‘rgansin degan maqsadda darslar tashkil etilmoqda. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH