XALQARO HAMKORLIKNING  NISHONASI

XALQARO HAMKORLIKNING NISHONASI

Germaniya  Federativ Respublikasi 1991-yil 31-dekabrda O‘zbekiston mustaqilligini tan olgan. 1992-yil 6-martda mamlakatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan. O‘tgan yillar mobaynida Germaniya bilan o‘zaro hamkorlik keng sohalarni qamrab oldi. SHu o‘rinda oliy ta’lim tizimida ham O‘zbekiston, Germaniya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini olib bormoqda.

Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat institutida joriy yilning 11- sentyabr kuni Germaniya bilan hamkorlikda “Truchler training” o‘quv laboratoriyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda “Truchler” firmasining savdo bo‘yicha direktori Markus Vurster, “Truchler” firmasining menejeri Vilfrid Gotmanns, hamda bosh xodimi Vitaliy SHuls, Rossiya Federativ Respublikasining Ivanova  davlat politexnika universiteti rektori E.V.Rumyansev va boshqalar ishtirok etishdi.

Marosimni institut O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor Komilova Xolida Hafizovna ochib berdi. SHundan so‘ng, Germaniya vakillariinstitut jamoasini bugungi katta tantana bilan samimiy muborakbod etishdi.Tadbirni tashkil etishdan maqsad, avvalo, O‘zbekiston va Germaniya davlatlari o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlash,“Truchler” firmasining yangi jihozlari orqali o‘quv laboratoriyada izlanuvchi talabalar bilimlarini yanada oshirib, nazariya va amaliyot uyg‘unligini bir vaqtda olib borish imkoniyatiga ega bo‘lishdir. 
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida chet el investitsiyalarini jalb qilish maqsadida joriy yilning 12-fevral kuni hamkorlik shartnomasi imzolangan edi. Bugun shu hamkorlikning  natijasi o‘z samarasini ko‘rsatib turibdi.
To‘qimachilik sanoati texnologiyasi  fakultetining yigirish texnologiyasi kafedrasida bugungi kunga kelib, 13 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda. Professor-o‘qituvchilarning sa’y-harakatlari tufayli  talabalar orasida nomdor stipendiantlar yetishib chiqmoqda.  “Truchler” kompaniyasining bugungi hamkorlikda ochilgan o‘quv laboratoriya jihozlariga jami 123 803 evro miqdoridagi sarmoya ajratildi. Institut o‘quv laboratoriyasiga TS 15 tarash mashinasi  va TD 10 piltalash mashinalari taqdim etildi. 
CHet el investitsiyalarni ta’lim jarayoniga jalb etish, ertanggi kunga qo‘yilgan qadamlardan biri bo‘ladi. Zero, bugun ekilgan nihol ertaga o‘z mevasini berishi haqiqat. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH