BILIMGA TARG‘IB DAVOM ETMOQDA

BILIMGA TARG‘IB DAVOM ETMOQDA

   Yurtimiz qadimdan ilmu ma’rifat markazi, tamaddun chorrahasi bo‘lib kelgan. Ushbu tabarruk zamindan dunyoga ilmu irfon ziyosini taratgan buyuk allomalar, mutafakkirlar yetishib chiqqan. Ular ilm-fanning ko‘plab jabhalariga asos solib, jahon tamaddunining shonli mayog‘i bo‘lib kelgan. Bugungi kunda ham bu an’ana barcha sohalarda davom etib kelmoqda. Yoshlarimiz uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar muhayyo. Xususan, TTYeSI bugun ta’lim sohasini rivojlantirish uchun maktab o‘quvchilari bilan ma’naviy-ma’rifiy turkum tadbir va seminarlar o‘tkazib kelmoqda. Kuni kecha navbatdagi tadbir Toshkent viloyati Zangiota tumani 29 maktabda o‘tkazildi. Tadbirni TTYeSI ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A.E.Gulamov o‘zlarining qiziqarli ma’lumotlari bilan institutning bugungi kundagi nufuzi hamda xalqaro hamkorlar orqali olib borilayotgan amaliy ishlar to‘g‘risida fikr almashib o‘tdi. Tadbirda maktab direktori, fan o‘qituvchilari va yuqori sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi. Anjuman so‘ngida o‘quvchilar mavzu bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan qatnashishdi. Darhaqiqat, bugungi yoshlarimizdan ilm olish uchun astoydil ixlos, juddu-jahd va asosiysi qiziqish talab etilmoqda. Qiziqarli o‘tgan tadbir davra suhbatiga aylanib ketdi. 
 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

ҳ қ

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
YOPISH