INTELLEKTUAL SALOHIYAT

INTELLEKTUAL SALOHIYAT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 3-aprel kuni yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga joriy etish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarimizga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga urg‘u berildi.
Shu bois Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning mazmun-mohiyatini yoshlarga keng doirada yetkazish hamda ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 15-oktyabr kuni talaba – yoshlar o‘rtasida “Intellektual salohiyat” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Ushbu davra suhbatida 3–talabalar turar joyi tarbiyachi – pedagogi I.Yusupov, “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi assistenti O.Abzoirov, 3 –talabalar turar joyi kengashi raisi M.Pardayev hamda talaba–yoshlar ishtirok etishdi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH