O‘ZBEKISTON-KOREYA. TEXNOPARK BO‘YICHA HAMKORLIK

O‘ZBEKISTON-KOREYA. TEXNOPARK BO‘YICHA HAMKORLIK

   Joriy yil Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori S.Yunusov Koreya Respublikasiga xizmat safarini uyushtirdi. Unda Seul shahri (Seul)“Korea Institute for Advancement of Technology-KIAT” tashkiloti prezidenti Yong-geun Kim (Yong-geun Kim) bilan uchrashdi. Suhbat jarayonida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshida tashkil etilayotgan to‘qimachilik texnoparki faoliyatini tashkil etishga e’tibor qaratish kerak bo‘lgan asosiy masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, boshqarish mexanizmi, moliyalashtirish tizimi, asosiy faoliyat turlari va Texnoparkning qurilish ishlarini yakunlash hamda jihozlar bilan ta’minlash muddatlari to‘g‘risida hamkor tomon ma’lumot berib o‘tdi. Xususan, to‘qimachilik texnoparkini boshqaruv organi vakolatlari, qo‘yilgan vazifalari va ularni amalga oshirishdagi ishlar hamda Koreya Respublikasi tomonidan biriktiriladigan xodimlar, ularning vakolatlari, vazifalari, ilmiy tadqiqot ishlari ko‘lami va yo‘nalishi, ularni moliyalashtirish tizimi hamda ishlab chiqarish korxonalari texnik xodimlarini malakasini oshirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirish kerak bo‘lgan ishlar nazarda tutildi. Jumladan,Toshkent to‘qimachilik texnoparki laboratoriya bazasidan foydalanib o‘quv kurslarini tashkilllash, texnopark bazasida mos ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassislar, institutda taxsil olayotgan bakalavr va magistratura talabalarini o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish hamda ilmiy va texnik xodimlarini ish haqlarini belgilash va to‘lash mexanizmi masalalari ko‘tarildi.
   Kunning ikkinchi yarmida Pocheon shahri (Pocheon) “Gyeonggi Textile Materal Center”. texnoparkida To‘qimachilik korxonalari uchun mahsulot etkazib berishga  qaratilayotgan e’tibor, (texnopark boshqaruv tizimini tashkil qilish), Kyongi to‘qimachilik xom ashyo markazining faoliyati natijalari, markazning ishlash jarayoni va biznes tizimi mavzusida seminar trening bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida ishlab chiqarishda yangi innovatsion texnologiyalarni joriy qilish mexanizmi, tayyor mahsulotlarni realizatsiyasi, talab-takliflarni ishlab chiqish hamda avtomatik boshqaruv tizimi yordamida xom ashyo sifati va ularning logistikasi hamda avtomatik boshqaruv tizimi yordamida xom ashyoni uzluksiz ta’minotiga erishish haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
   Ikkinchi kuni Yangju shahri (Yangju). “Koteri innovation” markazida amaliyot va testlarni tahlil qilish jarayonini o‘rganish mavzusida seminar trening uyushtirildi.Trening davomida Kyongido provinsiyasi to‘qimachilik sanoatining holati, Koreya to‘qimachilik ilmiy-tadqiqotlar institutining sohada olib borayotgan faoliyati va biznesni qo‘llab-quvvatlash jarayoni, tekshiruvlar natijalari haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, shu kuni Ansan shahri (Ansan). Koreya politexnika unversitetiga tashrif uyushtirildi. Universitet prezidenti Xyun Xo An (Hyun Ho Anh) bilan bo‘lgan uchrashuv davomida hamkorlikda faoliyat olib borish, Toshkent to‘qimachilik texnoparki bazasida yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni tashkil etish imkoniyatlari borasida so‘z yuritildi. Shu bilan bir qatorda quyidagi masalalar borasida ham muzokaralar olib borildi:    
• Professor - o‘qituvchilarning stajirovkalari, almashinuv dasturlarini hamkorlikda ishlab chiqish;       
• Talabalar almashinuvi bo‘yicha hamkorlik dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
• Birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, PhD va magistratura talabalarini ilmiy ishlarga jalb qilish, himoya ishlarini hamkor ta’lim muassasasida amalga oshirishdan iborat bo‘ldi. 
   Uchinchi kuni Dejon shahri (Daejeon) Djungbu universiteti (Joongbu) Um Sang Xeon (Um, Sang Heon) bilan uchrashuv bo‘ldi. Hamkorlikda 2+2 dasturi asosida mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha shartnoma bandlari muhokama qilindi. Shu kunning o‘zida shartnoma imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
   Universitet prezidenti bilan uchrashuv davomida yana quyidagi masalalar borasida muzokaralar olib borildi. Jumladan, TYESI bazasida Djungbu universiteti bilan ko‘shma dastur ishlab chiqish, universitetning markazini tashkil qilish va uning asosida ustuvor ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash haqida fikr almashilindi. Talabalar va professor o‘qituvchilar almashinuv dasturlarini yanada rivojlantirish, amalga oshiriladigan ishlar mexanizmini shakllantirish haqida suhbat qurildi.

скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

ҳ қ

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
YOPISH