TО‘QIMACHILIK SOHASIDA INTELLEKTUAL MULKNING О‘RNI VA ISTIQBOLI

TО‘QIMACHILIK SOHASIDA INTELLEKTUAL MULKNING О‘RNI VA ISTIQBOLI

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi “Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PQ-3855-son qarori hamda О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 19-iyuldagi 638-sonli buyrug‘ining ijrosi bо‘yicha qator salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. 
Joriy yilning 22-oktyabr kuni Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutida О‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi mutaxassislari ishtirokida seminar-trening о‘tkazildi.

Unda institutda faoliyat yuritayotgan ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanayotgan professor-о‘qituvchilar, tayanch doktorantlar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar ishtirok etishdi. Seminar-treningda targ‘ibot va ilmiy ishlar bо‘limi boshlig‘i F. Ergasheva о‘zining “О‘zbekistonda intellektual mulk muhofazasi” mavzusida, Sanoat namunalari ekspertizasi bо‘limi boshlig‘i A. О‘rinboyev “EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy muhofazasi” mavzularidagi taqdimotlari bilan ishtirok etishdi. Tadbir davomida ishtirokchilar о‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ilmiy faoliyatlari jarayonida duch kelgan intellektual mulkni himoyalash, sohadagi ilmiy-tadqiqot va boshqa yangiliklariga egalik huquqlarini oshirish bо‘yicha ma’lumotlarga ega bо‘lishdi. Uchrashuv kо‘tarinki ruhda, ishtirokchilarning faolligi asosida qizg‘in muloqot kо‘rinishida bо‘lib о‘tdi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH