ISLOM TA’LIMOTI ASOSLARI

ISLOM TA’LIMOTI ASOSLARI

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasida 2019-yilning 13-noyabr kuni Toshkent shahar Olmazor tumanidagi “Hazrati imom” jom’e masjidi imom-xatib noibi Bahromov Muhammadabdullo Abdurashidqori o‘g‘li, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda 8-19, 9-21r-19, 25r-19 guruhlaridan 62 nafar talabalar ishtirokida “Islom ta’limoti asoslari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirni kafedra mudiri B.Isroilov ochib berib, “Hazrati imom” jom’e masjidi imom-xatib noibi Bahromov Muhammadabdullo Abdurashidqori o‘g‘liga so‘z berdi. Tadbir davomida islom dinining shakllanishi, payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning ibratli hayotlari haqida talabalarga atroflicha tushuntirib berildi. 

SHuningdek, mamlakatimizda diniy bag‘rikenglik borasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda islom olamida sodir bo‘layotgan muhim voqealar to‘g‘risida diniy, dunyoviy manbalar asosida tushuntirib o‘tildi. Tadbir so‘nggida talabalarning bergan savollariga Bahromov Muhammadabdullo Abdurashidqori o‘g‘li hamda “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan B.Isroilov, N.Zokirova, D.Maxmitova, F.Suguralieva, R.Sodiqova va U.Elmurotovalar atroflicha javob berishib, tadbir bahs-munozara shaklida davom ettirildi. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH