PESKARA NOMIDAGI YEVROPA DIZAYN UNIVERSITETI VAKILLARI TTYeSIDA

PESKARA NOMIDAGI YEVROPA DIZAYN UNIVERSITETI VAKILLARI TTYeSIDA

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Peskara nomidagi Yevropa dizayn universiteti kafedra mudiri - o'qituvchi, Ichki grafika va moda dizayni,Inteyrer dizayni bo'limi boshlig'i, kontsept dizayni, materiallar texnologiyasi, ko'rgazma dizayni, ijro dizayni bo'yicha o'qituvchi Angela Bucci mehmon bo‘ldi.  Tashrifdan maqsad, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida faoliyat yuritib kelayotgan  “Dizayn” sohalari bilan yaqindan tanishish hamda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Unda Institut rektori B. O.  Onorboyev, Institut O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori X. H. Kamilova ishtirok  etishdi.
Uchrashuv davomida tomonlar Italiya davlatida joylashgan ushbu institut faoliyati xususida ma’lumotga ega bo‘lishdi. Kelgusida Peskara nomidagi Yevropa dizayn universiteti bilan hamkorlikda ishlashga kelishib olishdi. Shundan so‘ng, mehmonlar uchun institut bo‘ylab  ekskursiya uyushtirildi.  



скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH