XITOYLIK DELEGATLAR TTYeSIDA

XITOYLIK DELEGATLAR TTYeSIDA

   Xorijiy davlatlar bilan hamkorlik qilish- mamlakat iqtisodidan tortib, ta’lim tizimigacha rivojlanishga olib keladi. Har bir davlat bilan o‘rnatilgan  aloqa bu kelajak sari qo‘yilgan  qadamdir. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti ko‘pgina davlatlar bilan  hamkorlik  aloqalarini o‘rnatgan. Shu hamkorlik  asosida  Xitoy davlati bilan ta’lim sohasida hamkorlik aloqalari keng yo‘lga qo‘yildi. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga Xitoy davlatining  Shandong Swan Cotton Industrial Machenery kompaniyasi vakillari tashrif buyurishdi. Dastlab Institut rektori B. Onorboyev bilan uchrashib, kelgusi rejalar haqida kelishib olindi. Shundan so‘ng,  mehmonlar uchun institut bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi.

    Kompaniya 1946-yilda tashkil etilgan bo‘lib,  mexanizatsiyalashgan paxta terish dastgohlari uchun maxsus yetkazib berish va xizmat ko'rsatish bilan shug’ullanadi.
    Ushbu korxona vakillari  Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutidagi “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasiga tashrif buyurib,   talaba-yoshlarga mahorat darsi tashkil etdi. Kelgusida ushbu korxonada ishlab chiqarilgan texnologiyalarni o‘quv laboratoriyalarga olib kelib, talabalarni amaliy bilimlarini oshirishga kelishib olindi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH