O‘ZBEK VA OZARBAYJON ADABIYOTINING MUSHTARAKLIGI

O‘ZBEK VA OZARBAYJON ADABIYOTINING MUSHTARAKLIGI

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusning to‘rtinchisi “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish”  maqsadida  Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida  “O‘zbek va Ozarbayjon adabiyotining mushtarakligi ” mavzuida tadbir tashkil etildi. 
Tadbirni Institut axborot-resurs markazi rahbari R.Ruslanovna hamda “Tillar kafedrasi” professor-o‘qituvchilari tashkillashtirishdi.
Tadbirda turkiy nazm gulshanining bulbullari  Muhammad Sulaymon o‘g’li  Fuzuliy, Nizomiy Ganjaviy, Imomiddin Nasimiy, Alisher Navoiyijodlari  misolida  o‘zbek va ozarbayjon adabiyoti bog’iga sayr etildi.

Tadbirda H. Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi vakillari hamda Ozarbayjon Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, “Do‘stlik”  ordeni kavaleri K. Aliyevalar tashrif buyurishdi. 
Talaba –yoshlar o‘zlari yod olgan g’azallardan o‘qib berishib, yig’ilganlarga adabiyotning kuchini ko‘rsatishdi. Tadbir ko‘tarinki ruhda badiiy chiqishlarga boy bo‘ldi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH